Mane PSJga qarshi ilk o'yinda maydonga tushmaydi

Оқил Абдубарноев
23 yanv 2023, 21:20
"Bavariya" hujumchisi Sadio Mane Chempionlar ligasining 1/8 finalida PSJga qarshi dastlabki o'yinda maydonga tusha olmaydi.

Jurnalist Dani Gilning fikricha, senegallik forvard fevral oyida "Park de Prens" stadionida o'tadigan parijliklarga qarshi bahsda maydonga tusha olmaydi.

Eslatib o'tamiz, Mane kuz faslining o'rtalarida Germaniya kubogi doirasidagi "Verder"ga qarshi o'yinda jarohat olgan va shu sabab Qatardagi jahon chempionatini o'tkazib yuborgandi.

Mane yozda Angliyaning "Liverpul" klubidan "Bavariya"ga o'tgandi. Transfer summasi taxminan 50 million evroni tashkil qildi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Kicker