Finalning eng mojaroli lahzasida Mane jamoadoshlariga nima deb gapirgani ma'lum bo'ldi

Sherzod Nurmatov
20 yanv 2026
Senegal terma jamoasi vingeri Sadio Mane Marokko terma jamoasiga qarshi Afrika Kubogi finalida (1:0) nafaqat maydonda, balki undan tashqarida ham hal qiluvchi rol o'ynadi.

Senegal darvozasiga bahsli penalti belgilanganidan so'ng jamoa bosh murabbiyi Pap Tiav norozilik sifatida futbolchilarni maydondan olib chiqib ketdi. Shu keskin lahzada tashabbusni aynan Mane qo'liga oldi: terma jamoa yetakchisi jamoadoshlariga hissiyot bilan murojaat qilib, ularni o'yinga qaytishga ko'ndirdi.

Tajribali o'yinchining so'zlari hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi: senegalliklar o'yinni davom ettirdi, Marokash futbolchisi Braim Dias esa 11 metrli zarbadan unumli foydalana olmadi - u "panenka" usulini tanladi, ammo to'p to'g'ridan-to'g'ri darvozabon Eduar Mendi qo'liga borib tushdi.

"Foot Mercato"ning aniqlik kiritishicha, o'sha paytda Mane shunday degan:

"Biz erkaklardek o'ynaymiz!"

Omad esa qo'shimcha vaqtda kulib boqdi: Papa Geyening aniq zarbasi Senegalga g'alabani olib keldi. Bu muvaffaqiyat Senegal terma jamoasiga o'z tarixida ikkinchi bor Afrika qitasi chempioni unvonini qo'lga kiritish imkonini berdi. Ushbu final esa musobaqa tarixidagi eng hissiyotli va keskin bahslardan biri sifatida abadiy esda qoladi.

Avvalroq Mane Senegal terma jamoasidan ketganini tasdiqlagan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Foot Mercato