"Manchester Yunayted" "Vest Xem"ning Maguayr borasidagi taklifini rad etdi

Sherzod Nurmatov
20 yanv 2023, 10:48
Mankunianlar himoyachi bilan xayrlashish niyatida emas.

"Manchester Yunayted" "Vest Xem"ning himoyachi Harri Maguayrni sotib olish borasidagi taklifini rad etdi, chunki ular Angliya terma jamoasi futbolchisini qo'yib yuborish niyatidan yiroq. Bu haqda "Daily Mail" xabar bermoqda.

Maguayr MYU ro'yxatida Rafael Varan, Lisandro Martines va markaziy himoyada afzal ko'rilayotgan chap qanot himoyachisi Lyuk Shoudan ustun ko'rilmoqda. Biroq bosh murabbiy Erik ten Hag himoyachini mavsum oxirigacha olib qolmoqchi.

29 yoshli Maguayrning MYU bilan kelishuvi 2025 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.

Himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 15 ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail