"Manchester Yunayted" UEFAdan EL finalidan oldingi matbuot anjumanini bekor qilishni so'radi
Tolibjon Qosimov
23 may 2017, 19:36
UEFA vakillari "Manchester Yunayted" rahbariyatidan rasmiy xat olishdi.
Unda "Ayaks"ga qarshi Yevropa ligasi finalidan oldingi matbuot anjumanini bekor qilish so'ralgan. Bu haqda "BBC" xabar berdi. Klub bunday qarorni kecha tunda "Manchester Arena"da sodir bo'lgan portlash sabab qabul qilgan.