"Manchester Siti" Kanseluning transferi bo'yicha "Yuventus" bilan muzokaralarni boshladi

1 avg 2019, 22:40
"Yuventus" klubining o'ng qanot himoyachisi Joau Kanselu faoliyatini APL chempioni safida o'tkazishi mumkin.

Angliya klubi portugaliyalik himoyachining transferi borasida muzokaralarni qayta boshladi. Bunga qadar turinliklar transfer oynasi boshida rad javobini berishgandi. 

Avvalroq, "Manchester Siti" Kanseluni qo'lga kiritish uchun Danilo va 40 mln evro taklif qilgandi. "Yuventus" Kanseluni 60 mln evrodan kamiga sotmoqchi emasligini ma'lum qilgan. 


O'xshash yangiliklar


Manba: theguardian.com