Mahrez jarohat oldi

Mirjalol Normatov
29 iyul 2018, 13:38
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Riyod Mahrez XCHK doirasida "Bavariya"ga (3:2) qarshi uchrashuvda jarohat oldi.

Jazoirlik futbolchi bahsning 28-daqiqasida to'pig'idan jarohat olib, maydonni tark etdi.

"Uning to'pig'ida muammolar bor. Hozircha boshqa ma'lumot bilmayman. Jarohatlanganlarning o'rniga boshqa futbolchilar yo'qligi meni tashvishga solmoqda", - dedi Xosep Gvardiola.

27 yoshli futbolchining jarohati borasida hali rasmiy ma'lumot berilmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: soccernews.ru