Luis Enrike: Biz erishmoqchi bo'lgan natijani qo'lga kirita olmadik

Khoja
11 apr 2024, 08:59
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike hali keyingi bosqich uchun imkoniyatlar bor ekanligini ma'lum qildi.

Biz erishmoqchi bo'lgan natijani qo'lga kirita olmadik. Umuman olganda, kuchli raqibga qarshi yaxshi bahs o'tkazdik. Uchrashuv biz uchun ancha qiyin o'tdi. Biz ikkinchi bo'limda o'yinni o'zgartira oldik, biroq raqib bugun g'alaba uchun ko'proq gol urdi.

Ikkinchi uchrashuvda barcha detallarga e'tibor berishimiz kerak bo'ladi. Kataloniyadagi bahs biz uchun finalga teng. Biz safarda g'alabaga qozonish uchun boramiz. Hozircha hech nima yo'qotilmadi, shuning uchun xavotir olishga hojat yo'q, - dedi PSJ ustozi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com