

"Semana" xabariga ko'ra, voqelik Barrankas shahrida bo'lgan. Ayni damda hodisaning ikki xil talqini mavjud: ilk ma'lumotga qaraganda, Luis Manuel Dias va Silenis Marulanda mashinada ketayotgan bo'lgan va motociklda ularning yo'lini to'sib, qurollangan odamlar mashinaning ruliga o'tirib, ularni olib ketgan.
Ikkinchi ma'lumotda esa ota va ona futbol tomosha qilib o'tirgan paytda ularning oldiga mashina keladi va qurolli bosqinchilar ulardan mashinaga o'tirishlarini so'rashadi.
Ayni damda harbiylar va policiya kuchlari o'g'irlab ketilganlarni topish uchun kuchlarni birlashtirishgan. Oradan bir qancha vaqt o'tib, Diasning onasi topilgan. Uning o'zi policiyaga xabar qilib, qayerda ekanligini aytgan. Hozirgi paytda futbolchining otasi qidirilmoqda.



