"Liverpul", "Arsenal" va MYU Mak Allisterga ko'z tikmoqda

Sherzod Nurmatov
6 apr 2023, 16:05
"Brayton" futbolchisi Aleksis Mak Allister APLning bir qator yirik klublari tomonidan kuzatuvga olingan.

"Liverpul", "Arsenal" va "Manchester Yunayted" 24 yoshli argentinalik futbolchi Aleksis Mak Allisterni o'z safiga qo'shib olish haqida o'ylamoqda. Ulardan ikkitasi allaqachon yarim himoyachi uchun "Brayton" bilan aloqaga chiqqan.

Premer-liga gigantlari futbolchini yozda tarkibiga qo'shib olishga urinib ko'radi. Ma'lum bo'lishicha, Mak Allisterning otasi va boshqa vakillari Angliya kelgan hamda vaziyatni yaqindan kuzatib bormoqda.

Argentina terma jamoasi bilan dekabr oyida jahon chempioni unvonini qo'lga kiritgan futbolchi qishki transferlar oynasidan buyon hozirgi jamoasini tark etishi aytilgan edi. Endi ushbu mavzu iyulda yozgi oldi-berdilar jarayoni start olganida yana qayta jonlanishi kutilmoqda.

Mak Allister joriy mavsum Roberto De Dzerbi qo'l ostidagi jamoaning asosiy o'yinchilaridan biri bo'ldi. U liganing 24 o'yinida o'z hisobiga 8 ta gol yozdirib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN