La Liga. "Real" darvozasiga mavsumda 7-bor penalti belgilandi. Barchasi "VAR"dan keiyn

Omonjon To`xtamirzayev
30 yanv 2021, 22:46
Ispaniya chempionati 20-turi doirasida Madridning "Real" klubi o'z uyida "Levante"ni qabul qildi.

O'yinning 63-daqiqasida "qaymoqranglilar" vingeri Vinisius to'p uchun kurashda Karlos Klerkni yiqitdi. Bosh hakam David Mede Ximenes "VAR" yordamida mezbonlar darvozasi tomon o'n bir metrlik jarima zarbasi belgiladi.

"Real" posboni Tibo Kurtua raqib hujumchisi Rodjer Martining zarbasidan keyin to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Bu ushbu mavsumda "Real" darvozasi tomon belgilangan 7-penalti edi. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia