Kuperning "qora ro'yxati"dagi futbolchi milliy terma yig'iniga chaqirildi

Mirjalol Normatov
22 sen 2019, 13:45
Shahboz Beg'amov o'zining telegramdagi sahifasida O'zbekiston milliy terma jamoasiga oid bir necha ma'lumotlar bilan o'rtoqlashdi.

"O'zbekiston terma jamoasining navbatdagi yig'ini 2 oktyabr kuni Toshkentda boshlanadi.

Kuper davrida qora ro'yhatda bo'lganlardan - Rustam Ashurmatov milliy jamoaga jalb etildi. Yana uzoq kutilgan nomlar ham bor", - deb yozadi Shahboz Beg'amov.

Oldinroq milliy  termamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper ertaga iste'foga chiqishi mumkinligi borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia