Konfederatsiyalar kubogi. Ochilish uchrashuvini qaysi hakam boshqarishi ma'lum

Narzulla Saydullayev
16 iyun 2017, 09:02
Konfederatsiyalar kubogining dastlabki uchrashuvi doirasidagi Rossiya - Yangi Zelandiya o'yini uchun hakamlar tayinlandi.

O'yinni kolumbiyalik Vilmar Roldan boshqarib boradi. Unga hamyurtlari Aleksandr Gusman va Kristian De La Krus yordam berishadi. Zaxira hakami - Mark Geyger (AQSH).

Eslatib o'tamiz, Rossiya - Yangi Zelandiya uchrashuvi 17 iyun kuni bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 20.00da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fifa.com