Bindon, Tomas, Rendall, Vud - Yangi Zelandiya terma jamoasi JCH-2026 uchun qaydnomasini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
14 may 2026, 15:15
Darren Beyzli boshchiligidagi murabbiylar shtabi Yangi Zelandiyaning mundialda qatnashadigan 26 nafar futbolchisi ro'yxatini taqdim etdi.

Darvozabonlar: Maks Krokomb ("Milluoll", Angliya), Aleks Paulsen ("Legiya", Polsha), Maykl Vud ("Oklend")

Himoyachilar: Tayler Bindon ("Nottingem Forest", Angliya), Maykl Boksoll ("Minnesota Yunayted", MLS), Liberato Kakache ("Reksem", Angliya), Frensis de Vris ("Oklend"), Kallan Elliot ("Oklend"), Tim Peyn ("Vellington Feniks", Avstraliya), Nando Piynaker ("Oklend"), Tommi Smit ("Breyntri Taun", Angliya), Finn Surman ("Portlend Timbers", MLS)

Yarim himoyachilar: Laxlan Beyliss ("Nyukasl Jets", Avstraliya), Jo Bell ("Viking", Norvegiya), Mett Garbett ("Piterboro Yunayted", Angliya), Ben Old ("Sent-Eten", Fransiya), Aleks Rufer ("Vellington Feniks", Avstraliya), Sarprit Singx ("Vellington Feniks", Avstraliya), Marko Stamenich ("Suonsi Siti", Angliya), Rayan Tomas ("PEK Zvolle", Niderlandiya)

Hujumchilar: Kosta Barbaruses ("Vestern Sidney Uonderers", Avstraliya), Elayja Jast ("Moteruell", Shotlandiya), Kallum MakKovat ("Silkeborg", Daniya), Jessi Rendall ("Oklend"), Ben Ueyn ("Port Veyl", Angliya), Kris Vud ("Nottingem Forest", Angliya)

2.jpg

Yangi Zelandiya terma jamoasi Okeaniya saralash turnirida g'alaba qozonib, 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritgan. Ular “G“ guruhida Eron (15 iyun), Misr (22 iyun) va Belgiya (27 iyun) bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: nzfootball.co.nz