Kin "Arsenal"ga o'tishni istamagani sababi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
31 iyul 2019, 23:29
"Yuventus" hujumchisi Moyze Kin "Arsenal"ga rad javobini berdi.

Qayd etilishicha, londonliklar 19 yoshli futbolchini "Everton"dan ilib ketish borasida uning agenti Mino Rayolaga murojaat bilan chiqishgan. Ammo futbolchining o'zi bunga rad javobini bergan. Chunki "kanonirlar" bosh murabbiyi hujumchiga asosiy tarkibni vada qilmagan. U esa "Everton"ning asosiy hujumchisi bo'lishni istagan.

Oldinroq Liverpul klubi forvard bilan 30 million evro evaziga shartnoma imzolashi borasida ma'lumotlar tarqagandi. Kin "Everton"da yiliga 3 million evro maosh oladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia