Kastilexo "Atalanta"ga qarshi o'yingacha safga qaytishi mumkin

Alisher
18 iyul 2020, 10:44
Ispaniyalik futbolchi jarohatidan qutulishga yaqin.

"Milan" yarim himoyachisi Samu Kastilexo tibbiy ko'rikdan o'tdi va tez orada maydonga qaytadi.

Ispaniyalik vinger 24 iyul kuni bo'lib o'tadigan "Atalanta"ga qarshi o'yinga qadar to'liq tuzalishi mumkin.

Kastilexo iyul oyining boshida jarohat olgan edi va haligacha maydonga qaytmadi. 25 yoshli o'yinchi yaqin vaqtlarda mashg'ulotlarga qaytishi va formasini tiklash ustida ishni boshlashi kerak.

Kastilexo joriy mavsum Milan jamoasi safida 22ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Italia