Kafu: "Dani Alves men uchun eng zo'ri. Uning tajribasi "Barsa"ga katta yordam beradi"

Aslanov Jasurbek
14 noya 2021, 01:12
Braziliyalik himoyachi "Barsa"ning yurishini maqulladi.

Braziliya termasining sobiq himoyachisi Kafu Dani Alvesning "Barsa"ga qaytganiga munosabat bildirdi.

"Dani Alves men uchun eng zo'ri. Uning tajribasi "Barsa"ga katta yordam beradi. Dani yoshiga qaramasdan kuchli jismoniy holatga ega. Xatto, u Qatardagi Jahon chempionatida ham o'ynashi mumkin. "Barselona" uchun ajoyib bitim bo'ldi", -deydi Kafu.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia