"Chelsi" vakillari Milanda "Torino" darvozaboni Jo Xart bilan uchrashishdi.
"Calciomercato"ning yozishicha, tomonlar kiperning mavsum yakunlangandan so'ng londonliklar safiga o'tishini muhokama qilishgan. Xartning transfer huquqi "Manchester Siti"ga tegishli, "shaharliklar" esa u bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi emaslar.