JCH saralash. Iroq - Livan bahsida hisob ochilmadi

Xayrulla Xoliqov
7 okt 2021, 22:19
Xabaringiz bor, bugun Osiyo qitasi bo'ylab JCH saralash uchinchi bosqich o'yinlari davom ettirilmoqda.

"A" guruhining dastlabki bahsida Janubiy Koreya Suriyani 2:1 hisobida mag'lub etgani haqida xabar bergandik. Guruhning ikkinchi o'yinida Iroq terma jamoasi Livan bilan kuch sinashib, mazkur bahs 0:0 hisobida o'z yakuniga etdi. 

Ushbu guruhdan o'rin olgan BAA - Eron uchrashuvi esa davom etmoqda. Bugun bo'lib o'tgan Iroq - Livan o'yiniga Dohadagi "Xalifa" xalqaro stadioni mezbonlik qildi. 

Mazkur guruhda Janubiy Koreya 7 ochko bilan peshqadamlik qilyapti. Ikkinchi o'rindagi Eron hisobida hozircha 6 ochko bor. 

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia