Italiyada 14 yoshli futbolchi bir yilga futboldan chetlatildi

Mirjalol Normatov
30 may 2019, 21:43
Italiyaning "Treporti" klubi 14 yoshli futbolchisi bir yilga futboldan chetlatildi.

BBC xabariga ko'ra, 22 may kuni u "Miraneze"ga qarshi bahsda ayol bosh hakamning oldida shortigini echgan va futbolga zid bo'lgan harakatlarni qilgan.

Italiya futbol federatsiyasi uni Veneciya sudiga taqdim qilgan bo'lsa ham, holat unchalik jiddiy deb tan olinmagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC