"Inter" va "Yuventus" 35 mln evrolik forvardga qiziqmoqda

Alisher
24 mar 2024
"Inter" va "Yuventus" 35 mln evroga baholanayotgan Jakomo Raspadoriga qiziqmoqda.

"Napoli"ning 24 yoshli hujumchisi "Inter" va "Yuventus"ning e'tiborini tortdi.

Futbolchi ayni damda muntazam o'ynamayapti, sababi uning jamoadagi roli taktik sabablarga ko'ra belgilanmagan. Shunday ekan, o'yinchining "Napoli"dagi kelajagi so'roq ostida.

Raspadorining "Napoli" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo'ljallangan.

Italiyalik forvard joriy mavsum A Seriya doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Get Football