Himoyachi "Napoli"ning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi mumkin

Aslanov Jasurbek
24 dek 2018, 13:45
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali yaqin vaqt ichida klub bilan yangi bitim imzolaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, tomonlar yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishgan va bu haqida shu haftada e'lon qilinishi mumkin. Yangi bitimga ko'ra, 27 yoshli senegallikning yillik maoshi 6 mln. evro bo'ladi. Shunday qilib, u klubning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi.

Shu bilan birga shartnomada futbolchining tovon puli yozilmaydi. Demak, Kulibalini xarid qilmoqchi bo'lgan har qanday klub "Napoli" prezidenti Aureli de Laurentis bilan muzokara o'tkazishi kerak bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttomercatoweb