Gvardiola Holandning golsiz 3 o'yini haqida: "Raqiblar o'z jarima maydonchasida bo'lganida o'ynash qiyinroq"

Sherzod Nurmatov
16 yanv 2023, 19:53
Pep Gvardiola shogirdi Erling Holand so'nggi o'yinlarda boshdan kechirayotgan qiyinchiliklar haqida gapirdi.

"Manchester Yunayted" bilan derbidagi o'yindan so'ng norvegiyalik hujumchining ushbu mavsumdagi golsiz seriyasi birinchi marta uchta o'yinga etdi. U "qizil iblislar"ga qarshi o'yinda raqib darvozasiga  2 ta zarba yo'llagan bo'lsa-da, birortasi darvoza to'ridan joy olmadi.

"Shaharliklar" ustozi Pep Gvardiola bu borada quyidagi fikrlarini bildirdi: "Biz hali ham bu jarayon ustida ishlayapmiz (Holandni jamoa o'yiniga integraciyalash), chunki raqiblar o'z jarima maydonchasida o'tirganda o'ynash qiyinlashadi. Lekin biz uni tez tez uzatmalar bilan taminlashimiz kerak, ha.

"Yunayted"ga qarshi o'yinda Holand etarlicha to'pga ega bo'ldi, ammo ular sodir bo'lgan zonalarni ko'rib chiqish kerak. Biz uni qaytarishimiz kerak va buni uddalaymiz".

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports