Gvardiola "Chelsi" bosh murabbiyini maqtadi

Sherzod Nurmatov
5 avg 2024, 15:30
"Manchester Siti" bosh murabbiyi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng hamkasbiga tarif berdi.

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng "Chelsi"dagi hamkasbi Enco Mareskani maqtadi.

"Bugun men u nima qilmoqchi ekanligini ko'p ko'rdim. Uning ashaddiy muxlisiman va muvaffaqiyatga erishishisha ishonaman. "Stemford Brij"da natijaga erishish qiyinroq bo'ladi. U yerda har doim qiyin. U "Lester"da ajoyib ish qildi va "Chelsi"da ham qoyilmaqom tarkib bilan shunday qiladi. Bu uning uchun yaxshi mavsum bo'ladi", – dedi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, Enco Mareska 2022/23 yilgi mavsum "Manchester Siti"da Pep Gvardiolaning yordamchisi bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TalkSport