

"Agueroning ahvoli joyida. So'nggi vaqtlarda u maydonga tushmayapti, bunga ikki ahmoq murabbiy sabab! Serxioning sifatlariga hech kim shubha qilmaydi, biroq tarkibimizda 20 yoki 21 nafar futbolchi bor. Biz futbolchilarga adolatli bo'lishimiz va hammaga bir xil qarashimiz kerak.
Aguero o'ynayotganida mamnun bo'lib, o'ynamaganida g'azablanadigan odam emasman. Uch bolaning otasiman. Men faqat adolatli bo'lishni istayman. Ularda quyidagi gapni aytish uchun sabab bor: "Men o'ynashga munosibman". Nafaqat Aguero, boshqalar ham shunday deya oladi" - deydi Gvardiola.



