

Aguero yana bir bor o'zini murabbiy sifatida umuman tasavvur qila olmasligini ta'kidladi. Sobiq futbolchi bunday mas'uliyatli vazifa jiddiy tayyorgarlikni talab qilishini aytdi.
"Kelajakda "Manchester Siti"ga yordam bera olishim mumkin, lekin, masalan, qandaydir boshqaruv lavozimida. Ko'ramiz, keyin nima bo'ladi. Ayni paytda hozirgi loyihalarimdan juda mamnunman va ular juda ko'p", – deya qo'shimcha qildi Aguero.
Eslatib o'tamiz, Serxio Agueroning so'nggi jamoasi "Barselona" bo'lgandi. Argentinalik futbolchi 2021 yilning dekabrida yuragi bilan bog'liq muammolar tufayli faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgan edi.



