"Manchester Siti" afsonasi Husanovning darajasini yuqori baholadi

Sherzod Nurmatov
26 fev 2026, 13:19
"Manchester Siti" sobiq o'yinchisi Serxio Aguero himoyachi Abduqodir Xusanovning joriy mavsumdagi o'yinlariga yuqori baho berdi.

"Bu mavsum u juda yaxshi o'yinlar o'tkazdi. Moslashuv jarayonidan o'tdi - endi esa natijalarini ko'ryapmiz.

U kuchli, juda tez va yakkakurashlarda tez-tez g'olib bo'ladi. Husanov atigi 21 yoshda. Demak, "Siti"da navbatdagi yillar uchun ajoyib himoyachi bor", – dedi Aguero.

21 yoshli markaziy himoyachi ushbu mavsum barcha musobaqalarda 23 o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: City Xtra