Aguero sobiq jamoadoshlaridan ramziy terma jamoa tuzdi

Alisher Ostonov
7 may 2025, 22:30
Serxio Aguero faoliyati davomida bir jamoada o'ynagan futbolchilardan iborat ramziy jamoani tuzdi.

Argentina terma jamoasi sobiq futbolchisi darvozaga hamyurti Emiliano Martinesni qo'ydi. Himoyachilar orasidan Vensan Kompani tanlandi. Yarim himoyada David Silva va Kevin De Bryuyne bor.

Aguero Lionel Messini o'zi bilan birga hujumga tashladi. Murabbiy sifatida esa Xosep Gvardiola tanlangan.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: theguardian.com