Futbolchimi bu yo artist? Balki chempionlarni tinch qo'yarmiz!

Xayrulla Xoliqov
24 fev 2018, 12:19
Bolalar va o'smirlar o'rtasida bo'lib o'tadigan tadbirlar, u xoh klub bo'lsin, xoh o'rta talim maxsus maktablari gap yo'q. Keling, qatnashing, ular ham sizdek bo'lsin.

Lekin oxirgi paytlarda juda oshirib yuborishdi. Qaysi shou-biznes gazetasini varaqlasak - chempionlar, ko'ngilochar dasturlarda ham CHEMPIONLAR. Ovkat pishirayotgan ham chempionlar, ovqat eyayotgan ham chempionlar, raqsga tushayotgan ham chempionlar... Qachon mashg'ulot o'tkazadi bular, tinch qo'yaylik chempionlarni, shunda yana chempion bo'ladilar.

Meksika qahramonlarini "birrovchi" qilib qo'yganimiz sabab yakunda ulardan asar ham qolmagani etar. Bular-ku esini yig'ib olgan yigitlar, ammo har qanday maqtov, keti uzilmas karsaklar istalgan kishini buzish kuchiga egaligini unutmaylik.

Hurmatli, O'FA mutasaddilari va klublar, sizlardan iltimos, futbolchilarning faqat sport tadbirlarida ishtirok etishiga ruxsat bering - qolgani ortiqcha. Buyog'i chempionat boshlanyapti, mashg'ulot o'tkazsin, tayyorgarlik ko'rsin.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia