Eshitdik-da! O'zbekiston U–23 terma jamoasi bosh murabbiysiz Sloveniya yig'iniga jo'nab ketdi

Оқил Абдубарноев
1 iyun 2026, 20:51
Shuningdek, tarkibga jalb etilgan bir nafar futbolchi Toshkentda qolgan.

O'zbekiston U–23 terma jamoasi iyun oyida Sloveniyada o'quv–mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish hamda AQSH va Yaponiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushish uchun bugun uchib ketdi.

Vakillarimiz mazkur safar oldidan Milliy futbol markazida yig'inga kirishgan edilar.

Jamoa bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ushbu yig'inga jalb etilgan futbolchilarning kengaytirilgan ro'yxatini e'lon qildi. Championat.asia sayti ma'lumotlariga ko'ra, kutilmagan tashkiliy muammo sababli bosh murabbiy Ravshan Haydarovning o'zi va terma jamoa himoyachisi Dilshod Abdullaevga viza chiqmay qoldi. Shu bois ular Sloveniyaga jamoa bilan birga uchib keta olishmadi.

May–iyun oylaridagi yig'inga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati quyidagicha ko'rinishga ega:

  • Darvozabonlar: Samandar Muratbaev ("Nasaf"), Maksim Murkaev ("Paxtakor"), Umar Rustamov ("Olimpik MobiUz").

  • Himoyachilar: Dilshod Abdullaev ("Paxtakor"), Dilshod Murtazoev ("Nasaf"), G'iyosjon Rizaqulov ("Qizilqum"), Quvonchbek Xushvaqtov ("Nasaf"), Narimon Ahmadjonov ("Bunyodkor"), Diyorbek Abdunazarov ("Nasaf"), Ro'ziboy Fayzullaev ("Olimpik MobiUz"), Saidxon Hamidov ("Olimpik MobiUz"), Islom Anvarov ("Bunyodkor").

  • Yarim himoyachilar: Ravshan Xayrullaev ("Buxoro"), Rustambek Fomin ("Neftchi"), Muhammadali Reimov ("Lokomotiv"), Saidumarxon Saidnurullaev ("Metallurg"), Sardor Bahromov ("Nasaf"), Ollobergan Karimov ("Sog'diyona"), Azizbek To'lqinbekov ("Bunyodkor"), Jo'rabek Jo'raev ("Olimpik MobiUz"), Oybek O'rmonjonov ("Dinamo"), Asilbek Jumaev ("Neftchi"), Shamsiddin Tursunmuhammadov ("Bunyodkor").

  • Hujumchilar: Sardor Hoshimov ("So'g'diyona"), Shodiyor Shodiboev ("Lokomotiv"), Firdavs Abdurahmonov ("Dinamo"), Nurlan Ibraimov ("Lokomotiv"), Amirbek Saidov ("So'g'diyona").

photo_2026-05-28_18-23-47.jpg

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia