Bugun O'zbekiston U-20 va U-23 terma jamoalari ham o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
30 mar 2026, 12:35
Bugun, 30 mart kuni Kannavaro qo'l ostidagi MTJdan tashqari O'zbekistonning boshqa yosh toifasidagi terma jamoalari ham o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushadi.

Xususan, Jamoliddin Rahmatullaev boshqaruvidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi Yaponiyaga qarshi navbatdagi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.

Jamoa 25 mart kuni “samuraylar” bilan maydonda to'qnash kelib, 0:1 hisobida mag'lub bo'lgandi.

O'zbekiston - Yaponiya

30 mart | 14:00

Milliy futbol markazi

Shuningdek, bugun Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi Albaniyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.

Terma jamoa o'tgan gal Rossiya bilan ro'baro' kelib, Rossiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Albaniya – O'zbekiston

30 mart | 18:30

Antaliya. Turkiya

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia