Farhod Safarov: "Qo'qon-1912" bilan durangdan qoniqmadik, g'alaba uchun harakat qilgandik"

Tolibjon Qosimov
10 mar 2017, 18:40
"Obod" - "Qo'qon-1912" (1:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar jamoa boshlig'i Farhod Safarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O'z maydonimizda o'ynadik, shu bois maqsadimiz faqat g'alaba edi. Albatta "Qo'qon-1912" bilan bahs og'ir o'tishini bilgandik. Yakunda 1:1 hisobi qayd etildi.

To'g'ri Rauf Inileev bosh murabbiy, oyog'ini operaciya qildirgan. Hozircha jamoa bilan emas. Ammo bizda ko'plab murabbiylar bor, bundan tashqari o'ynovchi murabbiy Anvar G'ofurov bor. Yaqin vaqt ichida Inileev o'zi mashg'ulotlarni o'tkaza boshlaydi.

Agar safarda durang o'ynaganimizda bundan qoniqqan bo'lardik. Ammo o'z uyimizda ochko yo'qotganimizdan xafamiz.

Solomin jamoamizning faxriy futbolchisi, u tajribali. Birinchi taymda vaziyatlarga ega bo'ldi. Tanaffusdan so'ng o'yinni kuchaytirish maqsadida uning o'rniga boshqa hujumchini tushurdik", - deydi Safarov.

"Obod" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia