Farhod Safarov: “Hujum ko'proq bo'lsa, gol ham bo'ladi”

Narzulla Saydullayev
22 apr 2017, 22:40
“Nasaf” – “Obod” uchrashuvi yakuniga etkach. “Obod” klubi rahbari Farhod Safarov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bugun biz Qarshidan ochko bilan qaytishni ko'zlagandik. O'zlaring guvoh bo'ldilaringiz o'yinning oxirgi daqiqasida gol urishga juda yaqin bo'ldik. Ammo bu imkoniyatdan foydalana olmadik. O'ylaymanki, bugungi o'yinda har ikkala jamoa yaxshi o'yin namoyish etdi. Ikkinchi bo'lim boshida darvozamizdan gol o'tkazib yubordik, to'g'risi bu kutilmagan hol bo'ldi. Bunda himoyachilarimiz Cheranni e'tiborsiz qoldirishgan edi.  Bu gol qaysidir manoda rejamizga salbiy ta’sir o'tkazdi. Ammo o'yinchilarimiz tezda o'zlarini qo'lga olishga erishdilar.

Norxonovda kichik jarohati borligi tufayli birinchi bo'limda tushirmadik. Nega gol ura olmayapmiz? Demak, biz kamroq  hujumlar uyushtirayapmiz. Hujum ko'proq bo'lsa, gol ham bo'ladi. O'ylaymanki, bunga endi ko'proq e'tibor beramiz. Keyingi o'yinlarimizda yetakchi jamoalar bilan tengma-teng o'ynab kichik hisobda mag'lub bo'layapmiz. Bizga demak, omad ham yetishmayapti, - deydi Farhod Safarov.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz