

Uning xizmatlariga Milanning "Inter" klubi qiziqish bildirmoqda.
"Neradzurrilar" o'yinchi uchun boshqa klublar bilan da'vogarlik qilishga tayyor. Oldinroq, unga "Liverpul", "Tottenxem", "Bavariya" va La Liganing bir nechta top-klublari qiziqayotgani aytilgan edi.
Ginterning klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi kelasi yilning o'rtalarida yakunlanadi. Tomonlar yangi kelishuv bo'yicha muzokaralarga kirishishga shoshilishmayapti.
27 yoshli himoyachi joriy mavsumda 5ta o'yinda maydonga tushdi.



