Ginter "Borussiya" tarlifini rad etdi va "Inter" bilan muzokaralar olib bormoqda

Alisher
29 noya 2021, 16:04
"Borussiya" himoyachisi Mattias Ginter shartnomani uzaytirish borasida Myonxengladbaxning taklifini rad etdi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 27 yoshli nemis "Inter" bilan muzokaralar olib bormoqda, Milan klubi unga to'rt yillik shartnoma taklif qildi.

Eslatib o'tamiz, himoyachining "Borussiya" bilan amaldagi shartnomasi 2021/22 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Ginter joriy mavsum 13ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira