"Barselona" Ginterga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
17 fev 2022, 21:14
Kataloniya klubi Germaniya terma jamoasi va "Borussiya" Myonxengladbax himoyachisi Mattias Ginter bilan shartnoma tuzmoqchi.

Manbaning xabar berishicha, Ginter "Borussiya" bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan va mavsum yakunlangach, erkin agent sifatida boshqa klubga o'tishi mumkin.

Aytishlaricha, unga "ko'k-anorranglilar"dan tashqari "Bavariya" va "Inter" qiziqish bildirmoqda.

28 yoshli himoyachi joriy mavsumda "Borussiya" tarkibida 22 ta uchrashuvda qatnashgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo