Erve Renar Qozog'iston terma jamoasini boshqaradi

Narzulla Saydullayev
23 yanv 2016, 11:30
47 yoshli murabbiy Erve Renar Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanadi.

Kecha fransiyalik murabbiy Astanaga uchib keldi va Qozog'iston futbol Federatsiyasi bilan muzokara o'tkazdi. Yaqin orada aynan u Yuriy Krasnojanning o'rniga Qozog'iston terma jamoasiga murabbiy etib tayinlanadi.

Renar 2012 va 2015 yillarda Zambiya va Kot d’Ivuar terma jamoalari bilan Afrika millatlar kubogida g'olib chiqqandi. U Fransiyada Sosho, Sherbur va Lill klublarida ham ishlagan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Kazfootball.kz