Eron O'zbekiston bilan o'yinga Armanistonda tayyorgarlik ko'rmoqda FOTO

Narzulla Saydullayev
24 sen 2016, 15:15
JCH-2018 saralashidagi O'zbekistonning navbatdagi raqibi Eron terma jamoasi ayni paytda Armanistonda yig'in o'tkazmoqda.

Karlos Keyrush boshchiligidagi forslar 22 sentyabr kuni Armaniston poytaxti Erevan shahriga yetib bordi. Bu yerdagi yig'inda faqat Eron pro ligasida o'ynayotgan futbolchilar ishtirok etishmoqda.

Erevandagi yig'in 1 oktyabrga qadar davom etadi. Terma jamoa legionerlari 3 oktyabr kuni yig'inga qo'shilishadi.

Eron terma jamoasi 6 oktyabr kuni Toshkentda O'zbekiston bilan o'ynaydi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia