"Eng zo'r". Yil murabbiyi va futbolchisi bo'lishga nomzodlar ma'lum

Sherzod Nurmatov
22 noya 2022, 17:37
Superliga va Pro ligada yilning eng yaxshilari aniqlanmoqda.

Coca Cola Superligasi. Yil futbolchisi bo'lishga nomzodlar

Temurxo'ja Abduxoliqov - 23 o'yin, 13 gol, 3 assist

Dragan Cheran - chempion, 23 o'yin, 20 gol, 3 assist

Jamshid Iskanderov - kumush medali sohibi, 26 o'yin, 7 gol, 6 assist

Husniddin Aliqulov - bronza medali sohibi, 24 o'yin, 2 gol, 3 assist, Superligada yakkakurashlarda eng ko'p g'olib chiqqan futbolchi (233)



Coca Cola Superligasida yil murabbiyi bo'lishga nomzodlar

Samvel Babayan – "Navbahor" bilan jamoa tarixidagi dastlabki kumush medalni qo'lga kiritdi, OCHL yo'llanmasiga ega chiqdi

Mirjalol Qosimov – AGMK mavsumni 4-pog'onada yakunladi va OCHL yo'llanmasiga ega chiqdi

Ro'ziqul Berdiev – Superliga bronza medali sohibi, jamoa bilan OCHL yo'llanmasiga ega chiqdi

Timur Kapadze – Dastlabki mavsumdayoq jamoa kuchli oltilikdan o'rin egalladi



Pro liga. Yil futbolchisi bo'lishga nomzodlar

Ro'zimboy Ahmedov - 25 o'yin, 23 gol, Buxoro safida Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritdi

Roki Marchiano - 21 o'yin, 15 gol, 4-o'rin

Ildar Mamatkazin - 21 o'yin, 7 gol, Pro liga g'olibi

Humoyun Murtozaev - 25 o'yin, 15 gol, 3-o'rin



Eslatib o'tamiz, O'FA hamda O'zPFL mavsum yakunlariga bag'ishlab Yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi – "Eng Zo‘r UZ Football Awards-2022" tadbirini 26 noyabr kuni o'tkazadi. Marosim ZO'R TV telekanalining Renaissance Hall tantanalar zalida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia