Eden Azar: Mourinyo PSJni mag'lub etish uchun etarli kuchga ega

Aziz Tukhtamuradov
25 mar 2014, 09:34
Chelsi yarim himoyachisi Eden Azar Chempionlar Ligasi 1/4 finaldagi raqibi PSJ jamoasiga qarshi o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

O'ylaymanki, bizning murabbiyimiz bunday o'yinlarda qanday harakat qilish zarurligini yaxshi biladi. Biz himoyada ehtiyot bo'lishimiz lozim.

"PSJ" "Arsenal" uslubida o'ynashini bilamiz. Agar biz pressing uslubini qo'llasak, ularni mag'lub etishimiz mumkin.

"PSJ" o'yinchilaridan kim xavotirga solayapti? Albatta Ibra. Tiago Motta xam ajoyib o'yinchi. Kabay va Kavanini xam esdan chiqarmaslik zarur. Himoyada ularga qarshi turish qiyin bo'lishi aniq, – deb aytib o'tdi belgiyalik futbolchi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Canal+