"Di Stefano va Ronaldu" - "Real" tarixidagi eng yaxshi futbolchilar

4 iyun 2020, 04:31
"Qirollik" klubining sobiq darvozaboni Iker Kasilyasning fikricha shunday.

"Real Madrid"ning sobiq sardoridan jamoa tarixidagi eng yaxshi 3 futbolchini sanab berishi keraklagini so'rashdi.

"Uchtasini aytolmayman, lekin ikkitasini bilaman. Bu don Alfredo Di Stefano va Krishtianu Ronaldu", – dedi Kasilyas.

Chapdan o'ngga – Alfredo di Stefano, Ronaldu, Eysebio (2009).

Ma'lumot uchun, Di Stefano "Real"da 1953-1964 yillarda o'ynagan. U klub bilan 18ta trofey yutgan, 8 karra Ispaniya chempioni, qatorasiga 5 marta Yevropa chempionlar kubogi g'olibi bo'lgan.

Ronaldu esa Madridda 2009-2018 yillarda to'p tepdi va 15ta kubokning sohibiga aylandi (2 bor mamlakat chempioni, YCHLning 4 karra g'olibi).

Portugaliyalik futbolchi klub tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi - 450 gol (438 o'yin). Di Stefano esa 3-o'rinda (396 o'yinda 308ta gol).

O'xshash yangiliklar


Manba: As