Desham Belgiya bilan o'yindan so'ng: "G'alaba Fransiyaning irodasini ko'rsatmoqda"

Aziz Tukhtamuradov
8 okt 2021, 08:23
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Belgiyaga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz birinchi bo'limdan norozimiz. Ko'plab vaziyatlar yuzaga keltirdik. Ammo raqiblar o'z mahoratini namoyish etishdi. 

O'yin ssenariysini hisobga olsak, biz Fransiyaning irodasini ko'rsatib beradigan g'alabaga erishdik. Biz finalga chiqishni istagandik. Endi ushbu bosqichda o'ynaymiz. 

Tiklanib olish uchun bir kun kam vaqtimiz bo'ladi", - dedi Desham.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: RMC Sport