Dani Alves yangi klubiga o'tdi

Alisher
22 iyul 2022, 10:17
"Pumas" Braziliya terma jamoasi himoyachisi Dani Alves bilan shartnoma imzolanganini ma'lum qildi.

Meksika klubi bilan kelishuv tafsilotlari ochiqlanmagan.

39 yoshli braziliyalikning so'nggi ish joyi "Barselona" klubi bo'lgan edi, o'yinchi Kataloniyani 1 iyul kuni erkin agent maqomida tark etdi.

Alves o'tgan mavsum "Barselona" tarkibida barcha musobaqalarda 16ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: facebook.com/PumasMx