Chezare Prandelli: "Totti bilan uning terma jamoaga qaytishi haqida hali gaplashmadim"

Narzulla Saydullayev
7 okt 2013, 19:10
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Chezare Prandelli "Roma" sardori Franchesko Tottini terma safiga qaytarish varifantini ko'rib chiqayotganini tasdiqladi.
"Totti, Kassano kabi istedodlar har doim mening diqqat markazimda. Jahon Chempionati boshlanishiga bir oy qolganda Tottining holatiga baho beramiz".

"Men hali bu mavzu yuzasidan u bilan gaplashmadim. Turnir boshlanishiga sakkiz oy vaqt bor bo'lgan bir paytda bunday qilishning hojati ham yo'q deb o'ylayman".

"Eng muhimi chempionatga 22ta sog'lom futbolchi bilan yetib borishdir. Jismoniy holat hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi", dedi Prandelli.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net