Chempionlik nishonlanayotgan vaqtda "Atletiko"ning 14 yoshli muxlisi vafot etdi

Mirjalol Normatov
23 may 2021, 12:13
Kecha "Atletiko" LaLigadagi chempionligini nishonladi.

"Reuters" xabariga ko'ra, ko'chalarda klub muxlislari tomonidan chempionlik nishonlanayotgan vaqtda harakatlanayotgan furgon 14 yoshli bolakayga tegib ketdi. U tezda jonlantirish bo'limiga olib borilishiga qaramasdan, vafot etdi. Bu vaqtda uning ota-onasi va do'stlari ham chempionlikni barcha bilan nishonlayotgandi.

Madrid policiyasi bu borada jinoiy ish qo'zg'atgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Reuters