"Chelsi" Vircni sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
31 okt 2023, 16:06
"Bayer" yarim himoyachisi Florian Virc faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Bu haqda "Express" nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 20 yoshli germaniyalik futbolchiga "Chelsi" da'vogarlik qilmoqda. Futbolchiga "Manchester Siti" ham qiziqmoqda.

Virc joriy mavsum 13 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 8 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Express