

"Neradzurri"lar 29 yoshli futbolchini ijaraga olish borasida taklif bilan chiqqan. "Chelsi" esa bunga ijobiy javob bergan.
Ayni damda ijara asosida "Fenerbaxche" tarkibida o'ynayotgan Mozes so'nggi 2 yil davomida ko'plab jarohatlarga yo'liqdi. Shu boisdan futbolchi "Inter"ga o'tishidan oldin tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Qayd etish kerak, Mozes "Chelsi"da Antonio Konte qo'l ostida ham o'ynagan.



