"Chelsi" egasi yangi stadion qurmoqchi

Sherzod Nurmatov
21 mar 2023, 11:02
"Ko'klar" "Stemford Brij" bilan xayrlashishi mumkin.

"Chelsi" xo'jayini Todd Boeli "Stemford Brij" o'rnida yangi stadion qurish haqida o'ylamoqda. Bu haqda "Daily Mail" xabar bermoqda.

Funkcioner 60 000 o'rinli yangi arena qurmoqchi. Loyihaning taxminiy qiymati 2,3 milliard evroga baholanmoqda. Qurilish ishlari 2030 yilgacha davom etadi.

"Chelsi" allaqachon "Stemford Brij" yonidagi er uchastkasini sotib olish bo'yicha muzokaralar olib boryapti.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail