

Qita chempionatini yoritish maqsadida www.championat.asia saytining bir qator vakillari Dubay shahriga yo'lga otlanishdi. 6 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 23:50da havoga ko'tarilgan samolyotda Xayrulla Xoliqov, Narzulla Saydullaev, Tolibjon Qosimov, Shahboz Beg'amov va Zoir Tursunboev Qozog'istonning poytaxti Astana shahriga yetib borishdi.
Ma'lum vaqt Astanada bo'lgach Astana-Dubay yo'nalishida manzilga otlanamiz. Saytimizning yana bir xodimi Jasurbek Aslanov allaqachon Toshkent-Moskva-Dubay yo'nalishida BAAga yetib borgan. 8 yanvar kuni saytimiz rahbari Nodirxo'ja Yuldashev va Olamsport.com sayti rahbari Kamoliddin Alimov ham BAAga uchib kelishadi.
Ayni paytda Astanada juda ham sovuq ob-havo hukm surmoqda. Termometr 14 daraja sovuqni ko'rsatmoqda.
Tez orada issiq Dubayga yetib boramiz hamda saytimiz o'quvchilariga qaynoqqina xabarlarni etkazib boramiz. Ertaga Sharjada O'zbekiston - Ummon uchrashuvidan oldingi rasmiy tadbirlar bo'lib o'tadi. www.championat.asia saytini kuzatib borsangiz ulardan birinchilardan bo'lib xabardor bo'lasiz.




