Osiyo futboli. Eron terma jamoani boshqarishga yana bir nomzod topdi

Xayrulla Xoliqov
18 mar 2019, 12:29
Ma'lumki, Osiyo Kubogi-2019 musobaqasi o'z yakuniga etganidan beri Eron terma jamoasi bosh murabbiysiz qolmoqda.

Karlush Keyrush o'z postini tark etgach, Eron futbol federatsiyasi bir nechta murabbiylar bilan muzokara olib borishga harakat qildi, ammo hozircha hech bir harakat samara bergani yo'q. Endilikda federatsiya rahbariyati Marokash terma jamoasi ustozi Xerve Renar xizmatlariga qiziqib qoldi. 

Ma'lumotlarga qaraganda, 50 yoshli fransiyalik murabbiy Eron milliy terma jamoasining navbatdagi bosh murabbiyi bo'lishi mumkin. Lekin Renarning Marokash bilan rejalari ham yo'q emas. Jumladan, murabbiy jamoani 21 iyun kuni start oladigan Afrika Millatlar Kubogiga tayyorlamoqda. Shu bois voqealar rivoji qanday ko'rinish olishi ma'lum emas.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: tehrantimes.com