"Buxoro" - "Olmaliq" uchrashuvining boshlanish vaqti ma'lum

Narzulla Saydullayev
3 mar 2016, 12:20
Orziqib kutilgan damlar yetib keldi. Oliy liga bahslari boshlanishiga sanoqli kunlar qolmoqda. 5 mart kuni “Buxoro” jamoasi 1-tur doirasida o'z maydonida “Olmaliq” jamoasini qabul qiladi.

Ushbu uchrashuvning boshlanish vaqti ma'lum bo'ldi. “Buxoro” sport majmuasida bo'lib o'tadigan “Buxoro”-“Olmaliq” uchrashuvi 5 mart soat 16:45 da boshlanadi.

Oliy liga-2016. 1-tur. “Buxoro” sport majmuasi

5 mart (shanba). Soat 16:45 da
“Buxoro” (Buxoro) - “Olmaliq” (Olmaliq)


Bir kun oldin ananaviy tarzda ushbu jamoalarning yoshlari o'zaro kuch sinashishadi. Bu bahs ham “Buxoro” sport majmuasida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 14:30da boshlanadi.

Yoshlar ligasi-2016. 1-tur. “Buxoro” sport majmuasi

4 mart (juma). Soat 14:30 da
“Buxoro” (yoshlar) – “Olmaliq” (yoshlar)


5 mart kuni uchrashuvdan oldin chempionatimizning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tadi. Barcha futbol muxlislarini “Buxoro” sport majmuasiga taklif etamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcbuxoro.com